Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Siyosat

Tramp saylovlardan keyin demokratlar bilan ishlashga tayyor, biroq veto huquqini eslatdi

Donald Tramp demokratlarning Kongress saylovlaridagi muvaffaqiyatidan keyin ular bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. AQSh prezidenti respublikachilar bundan yaxshiroq natija koʻrsatishini kutganini tan oldi va qonun loyihalarini bloklash imkoniyati borligini eslatdi.

5-noyabr, 18:43По-русски

Read in English

Rawpixel.com / Shutterstock

U oraliq saylovlarda Demokratik partiyaning natijasini ijobiy baholadi. Fox News efirida u demokratlar kuchli kampaniya olib borganini taʼkidladi.

Politico nashriga bergan intervyusida Tramp partiya rahbariyatining ayrim vakillari bilan allaqachon gaplashganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Oq uy mamlakat farovonligi yoʻlida birgalikda ishlashga tayyor.

Shu bilan birga, prezident veto huquqini eslatdi. Biroq u vakolat muddati qolgan ikki yilini qonun loyihalarini doimiy ravishda rad etishga bagʻishlashni istamasligini taʼkidladi.

Tramp ovoz berish natijalarini biroz kutilmagan deb atadi: u respublikachilar yaxshiroq natija koʻrsatishini kutgandi.

Bu bayonotlar AQSh OAVlari Kongressning har ikki palatasi demokratlar nazoratiga oʻtishini bashorat qilganidan keyin yangradi. Parlamentning yangi tarkibi 2027-yil yanvarida ish boshlaydi.