Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Sport

Leykersning boʻlajak egalari 12,5 mlrd dollarlik kelishuvdan soʻng ilk bor birga oʻyinga bordi

Joshua Kushner va Bob Ayger «Los-Anjeles Leykers»ning uy uchrashuviga klubdagi nazorat paketini sotib olish kelishuvdan keyin birga bordi. Bitimni NBA hali maʼqullamagan.

26-noyabr, 13:26По-русски

Read in English

championat.com

AQShning Los-Anjeles shahrida 24-noyabrga oʻtar kechasi «Leykers» «Yuta Jass»ni 109:94 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvni Kushner va Ayger bilan birga klub boshqaruvchisi Jini Bass hamda tijoriy faoliyat boʻyicha prezidenti Lon Rozen ham kuzatdi.

Avgust oyida tadbirkorlar Mark Uolterdan «Leykers»ning nazorat paketini sotib olishga kelishib oldi. Franshiza qiymati 12,5 mlrd dollarga baholandi. Kelishuv NBA Boshqaruvchilar kengashining yakuniy maʼqullashini hali olgani yoʻq. Uni tasdiqlash uchun kengash aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ovoz berishi kerak.