Texasda dronlar oziq-ovqat yetkazishni boshladi: ular 90 metr balandlikda uchadi va qoʻnmaydi
Uber Eats va Zipline Xyuston chekkasidagi Springda dronlar orqali oziq-ovqatni tijoriy yetkazishni yoʻlga qoʻydi. Xizmatni keyin Dallas va AQShning oʻnlab shaharlariga kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Xizmat hududidagi Uber Eats mijozlari ilovada yangi dron ikonkasini ochib, dasturda qatnashayotgan restoranlar roʻyxatini koʻrishi mumkin. Dastlab buyurtmalarni, jumladan, Jersey Mikeʼs, Zaxbyʼs, Urban Bird va Abu Omar Halaldan berish mumkin boʻladi.
Zipline dronlari ogʻirligi 8 funtgacha boʻlgan buyurtmalarni tashiydi. Ular taxminan 90 metr balandlikda, soatiga 70 milgacha tezlikda uchadi, manzil ustida muallaq turib, qoʻnmasdan himoyalangan konteynerni tros orqali pastga tushiradi.
Springda ishga tushirilgach, kompaniyalar Dallasga, keyin esa AQShning yana oʻnlab shaharlariga chiqishni rejalashtirmoqda. Uber va Zipline 2029 yil oxirigacha kuniga bir millionta yetkazib berishga erishishni kutmoqda.
Xizmatning rivojlanishi ayrim aholida shovqin, yovvoyi tabiatga ehtimoliy taʼsir, shuningdek, xavfsizlik va maxfiylikka doir xatarlar yuzasidan xavotir uygʻotmoqda. Sohadagi kompaniyalar dronlar orqali yetkazib berish avtomobillar harakatini kamaytirishi mumkin, deb hisoblaydi.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
NASA XKSga saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalar yuboradi
Texnologiyalar10:19
