Karni AQSh bojlaridan kelib chiqib, Kanada avtosanoatining Xitoy bilan yaqinlashishi mumkinligini aytdi
Kanada bosh vaziri Mark Karni AQSh tariflari Shimoliy Amerika bozorini yanada zaiflashtirsa, mamlakat avtomobil ishlab chiqaruvchilari Xitoyga murojaat qilishi mumkinligini bildirdi.

Karni dushanba kuni Kambodjada qilgan bayonotida AQSh prezidenti Donald Trampning savdo choralaridan kelib chiqib, Shimoliy Amerika avtomobil bozori yanada kamroq integratsiyalashgan holga kelsa, kanadalik avtomobil ishlab chiqaruvchilar Xitoydan hamkorlar izlashlari mumkinligini aytdi.
Bu bayonot Karni shu hafta Xitoy janubida boʻlib oʻtayotgan APEC sammitida XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashishidan bir kun oldin yangradi. Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, Ottava avtomobil sanoatini rivojlantirishning Yevropa va Yaponiya variantlarini ham koʻrib chiqmoqda.
Oʻtgan yili Tramp Kanada avtomobil sektoriga yuqori tariflar joriy qilgan va AQShda sotiladigan avtomobillar amerikalik ishchilar tomonidan ishlab chiqarilishi kerakligini aytgan edi. Karni avgust oyida Tramp bilan savdo muzokaralaridan chiqdi, biroq soʻnggi haftalarda Ottava va Vashington kelishuv istiqbollari yaxshilanayotgani haqida gapirdi. Karni Xitoyga murojaat qilish bosim vositasi emas, balki vaziyatga javob boʻlishini taʼkidladi.



