OPEK OPEK+ alyansidan tashqarida neft va boshqa suyuq uglevodorodlar qazib olish prognozini oʻzgartirmadi
OPEK prognoziga koʻra, alyansdan tashqari mamlakatlar 2026-yilda kuniga 54,84 mln barrel, 2027-yilda esa 55,45 mln barrel neft qazib oladi.

OPEK noyabr oyidagi hisobotida 2026-yil uchun qazib olish hajmi oʻsishi haqidagi bahosini kuniga 640 ming barrel darajasida saqlab qoldi. Tashkilot hisob-kitoblariga koʻra, asosiy oʻsishni Braziliya, AQSh, Kanada va Argentina taʼminlaydi.
2027-yil uchun OPEK qazib olish hajmi kuniga 620 ming barrelga oshishini kutishda davom etmoqda. Tashkilot oʻsishga eng katta hissa qoʻshadigan mamlakatlar qatorida Qatar, Braziliya, Kanada va Argentinani sanadi.
OPEK AQShda 2026-yilda neft qazib olish kuniga 500 ming barrelga oshib, 22,72 mln barrelga yetishini prognoz qilmoqda. Uning bahosiga koʻra, 2027-yilda oʻsish surʼati kuniga 30 ming barrelgacha sekinlashadi, qazib olish hajmi esa 22,75 mln barrelga yetadi.



