Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Ummon tovar ayirboshlashni $1 mlrdgacha oshirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston–Ummon biznes-forumi ochilishida qatnashdi. Maqsad — tovar ayirboshlashni $1 mlrdga yetkazish; qoʻshma loyihalar portfeli $5 mlrdga baholanmoqda.

19-noyabr, 16:34По-русски

Read in English

Forum ochilish marosimida Oʻzbekiston va Ummon oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda ikki mamlakat hukumatlari, kompaniyalari, moliya institutlari va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdi.

Tashrif yakunlari boʻyicha beshta ustuvor yoʻnalish belgilandi: sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, shaharsozlik va turizm, mineral resurslarni oʻzlashtirish, shuningdek, moliya va raqamli texnologiyalar. Elektrotexnika sohasida kabel va transformator mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish hamda keyinchalik qoʻshni mamlakatlarga eksport qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Prezident Ummonning Sohar shahrida logistika infratuzilmasini, yagona savdo-logistika platformasini yaratish, aviaqatnovlar sonini oshirish va yuk tashuvlarini yoʻlga qoʻyishni taklif qildi. Yangi Toshkentda ummonlik investorlar ishtirokida «Maskat» mavzesini qurish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, kimyo sanoati, geologiya-qidiruv ishlari va mineral resurslarni qayta ishlash boʻyicha loyihalar ishlab chiqildi. Tomonlar sunʼiy yoʻldoshlarni uchirish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish ustida ishlamoqda. Oman News Agency maʼlumotiga koʻra, forumda sanoat, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, turizm, moliya, qurilish va boshqa sohalarda 20 ta bitim va memorandum imzolangan.