San-Antonio NBA bahsida Nyu-Orleanni magʻlub etdi: Vembanyama 50 ochko oldi
San-Antonio oʻz maydonida NBA muntazam chempionatida Nyu-Orleanni 114:91 hisobida yengdi. Viktor Vembanyama 50 ochko oldi.

San-Antonioda kechgan uchrashuv mezbonlarning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Birinchi chorak teng kechgach, «Spers» ikkinchi va uchinchi oʻn daqiqaliklarda ustunlikni oshirdi, soʻnggi boʻlim esa deyarli teng kurashda oʻtdi.
San-Antonio markaziy hujumchisi Viktor Vembanyama uchrashuvning eng sermahsul oʻyinchisi boʻldi. Fransiyalik basketbolchi yana 19 ta ribaund, beshta blok va toʻrtta toʻp olib qoʻyishni qayd etdi. Bu uning NBA faoliyatida bir oʻyinda kamida 50 ochko jamgʻargan uchinchi holatidir.
Nyu-Orlean safida eng koʻp ochkoni pleymeyker Jeremiya Firs oldi. Bu oʻyindan soʻng San-Antonio 14 ta gʻalaba va uchta magʻlubiyat bilan Gʻarbiy konferensiyada birinchi oʻrinda, Nyu-Orlean esa beshta gʻalaba va 13 ta magʻlubiyat bilan 12-oʻrinda bormoqda.



