Bekzod Qurbonov 155 sm balandlikdagi Gran-prini qoʻlga kiritdi
Oʻzbekiston vakili Bekzod Qurbonov Astanada FEI — Yevroosiyo ligasi Jahon kubogi finalida 155 sm balandlikdagi Gran-prini qoʻlga kiritdi.
23-noyabr, 18:48По-русски

Qozogʻistonning Astana shahrida oʻtkazilgan FEI — Yevroosiyo ligasi Jahon kubogi finalida Qurbonov musobaqaning asosiy yoʻnalishida MATTS V.G. laqabli otda ishtirok etib, birinchi oʻrinni egalladi.
Unga oltin medalni Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar De Vos topshirdi. Oʻzbekiston ot yetishtirish va ot sporti federatsiyasi bu natijani oʻzbekistonlik chavandozlar mahoratining yuqori darajasini tasdiqlovchi koʻrsatkich deb atadi.



