Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniyaga davlat tashrifini yakunladi
Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi yakunlandi. Sammitda strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va yana 19 ta hujjat imzolandi.
25-noyabr, 11:43По-русски

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан / president.uz
Iordaniya poytaxti Ammanda Mirziyoyev qirol Abdulla II ibn al-Husayn bilan muzokaralar oʻtkazdi hamda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi biznes-forumda qatnashdi.
Tashrif dasturi yakunlangach, qirol Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning turmush oʻrtogʻini Qirolicha Aliya nomidagi xalqaro aeroportda kuzatib qoʻydi. Mirziyoyev Toshkentga joʻnab ketdi.



