Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Jamiyat

Germaniya Ichki ishlar vaziri namoyishlar kamaygani uchun GTA VIʼga minnatdorchilik bildirdi

Juma kuni Germaniyada Gen Z yoshlar harakatining navbatdagi aksiya toʻlqini boʻlib oʻtdi. Biroq uch hafta avvalgiga qaraganda koʻchalarga ancha kam odam chiqdi: oʻshanda namoyishlar tartibsizliklar bilan yakunlangan edi. Bu haqda Bild yozmoqda.

21-noyabr, 21:31По-русски

Read in English

Thomas Neugerriemschneider / Wikimedia Commons

Germaniya federal ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt faollik pasayishini GTA VIʼning chiqishi bilan bogʻladi. Uning aytishicha, koʻplab yoshlar koʻchalarda «tartibsizlik qilish» oʻrniga oʻyin konsoli qarshisida uyda qolishni maʼqul koʻrgan. «Yaxshisi, GTA VIʼda jang qilishsin, koʻchalarda emas», — dedi vazir.