CSI Sports Meyvezerning Rayan Garsiya bilan jangiga toʻsqinlik qilmoqda
CSI Sports Floyd Meyvezerning WBC chempioni Rayan Garsiya bilan jangi bokschi kompaniya oldidagi majburiyatlarini bajarmaguncha 6-fevralda yoki undan keyin oʻtkazilmasligini bildirdi.

Kompaniya Meyvezerning CSI Sports oldidagi shartnomaviy majburiyatlari borligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, sportchi kelishuv shartlarini bajarmaguncha Garsiya bilan jang 6-fevralda ham, undan keyin ham oʻtkazilmasligi kerak. Kompaniya bu masala Garsiyaning advokati va promouteri bilan kelishilganini qoʻshimcha qildi.
CSI Sportsʼning Nyu-York, Bangkok va Pertdagi yuridik guruhlari tashkilotchining shartnomaviy huquqlarini himoya qilish choralarini tayyorlamoqda. Aytilishicha, bu choralar Meyvezer majburiyatlarini bajarguncha boshqa janglar oʻtkazishiga toʻsqinlik qilishi kerak. Avval shunga oʻxshash choralar kompaniyaga uning Gretsiyadagi jangda ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik imkonini bergan.
Jangni tashkil etish bilan bogʻliq manbaga koʻra, CSI Sportsʼning daʼvolari sabab Meyvezerning Menni Pakyao bilan revanshi ham kechiktirilgan. Manba bu jang butunlay bekor qilinishi mumkinligini aytdi. Garsiya WBA yarim oʻrta vazn chempioni Teofimo Lopes bilan jang haqidagi muzokaralarga qaytishi mumkin. U sentyabrda Konnor Bennni nokaut qilib, WBC chempionlik unvonini himoya qilgan.



