Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Siyosat

Turkmaniston va Pokiston energetikadagi hamkorlikni kengaytirishga kelishdi

Turkmaniston va Pokiston TIV rahbarlari Rashid Meredov va Muhammad Ishoq Dar energetika, jumladan, mintaqaviy infratuzilma loyihalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishdi.

18-noyabr, 16:21По-русски

Read in English

dunya.com.pk

18 noyabr kuni Islomobodda Turkmaniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari hukumatlararo qoʻshma komissiyaning oltinchi yigʻilishi arafasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishni muhokama qildi. Tomonlar oliy va yuqori darajalarda muntazam siyosiy muloqot olib borish hamda avval erishilgan kelishuvlarni bajarish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv ishtirokchilari oʻzaro manfaatli mintaqaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni chuqurlashtirish, mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Turkmaniston TIV maʼlumotiga koʻra, tomonlar sanoat, transport va logistika sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardagi oʻzaro hamkorlikni koʻrib chiqdi. Uchrashuv yakunida ular doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish va sheriklikka amaliy mazmun berishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.