Microsoft fayllarni saqlagan holda korporativ Windows kompyuterlarini masofadan bloklashni sinovdan oʻtkazmoqda
Microsoft maʼmurlarga yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan kompyuterni Intune orqali bloklash va undagi maʼlumotlarni saqlab qolish imkonini beruvchi Remote Lock funksiyasini sinovdan oʻtkazishni boshladi.

Bu funksiya Windows 11’ning Beta va Experimental kanallari uchun moʻljallangan dastlabki yigʻilmalarida paydo boʻldi. U tashkilot tomonidan boshqariladigan, Enterprise, Education va Pro tahrirlariga ega, Microsoft Entraʼga ulangan yoki qurilmalarni boshqarish tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan qurilmalar uchun moʻljallangan.
Buyruq olingach, Windows faol seanslarni yakunlaydi va tizimga kirish usullarini yashiradi. Parol, PIN-kod yoki mahalliy administrator hisobidan foydalanib qulfni ochish imkonsiz boʻladi. Bloklashni maʼmur Intune orqali olib tashlashi mumkin. Bunda foydalanuvchining hisobi boshqa qurilmalarda ishlashda davom etadi.
Buyruq kompyuter boshqaruv serveriga keyingi marta ulanganda qoʻllanadi. Faollashtirilgach, bloklash kompyuter qayta ishga tushirilganda ham, internet boʻlmaganda ham saqlanib qoladi. Maʼmur cheklov sababini va texnik yordamga murojaat qilish uchun aloqa maʼlumotlarini ham ekranga chiqarishi mumkin.
Fayllar diskda qoladi, qurilma esa boshqaruv tizimiga ulangan holatda boʻladi. Remote Lock Windowsʼni tiklash muhitidan, xavfsiz rejimdan va tashqi maʼlumot tashuvchilardan yuklashdan foydalanish imkonini ham saqlab qoladi. Disk chiqarib olingan taqdirda maʼlumotlarni himoya qilish uchun Microsoft BitLocker shifrlashidan foydalanishni tavsiya qiladi.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
NASA XKSga saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalar yuboradi
Texnologiyalar10:19
