Argentinada futbolchi oʻyinda toʻp boshiga tekkach vafot etdi
18 yoshli Abel Nunes oʻyinda toʻp boshiga tekkach, operatsiya qilindi va uch kundan soʻng shifoxonada vafot etdi, deb xabar berdi «Eseyisa».
17-noyabr, 14:13По-русски

sports.ru
Payshanba kuni Argentinada «Eseyisa» va «Deportivo Munis» yoshlar jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda 18 yoshli futbolchi Abel Nunesning boshiga toʻp tegdi. Uchrashuv AFA Juveniles C turniri doirasida oʻtkazilgan.
Nunesga voqea joyida yordam koʻrsatildi, keyin esa u shifoxonaga yotqizildi. Oʻyin toʻxtatildi. Futbolchi shifoxonada operatsiya qilindi, biroq uning ahvoli yaxshilanmadi. Yakshanba kuni «Eseyisa» uning vafot etganini maʼlum qilib, oilasi, doʻstlari va jamoadoshlariga hamdardlik bildirdi.



