Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Siyosat

Ekspertlar Germaniyada Usmonovga qarshi soliq tergovini asossiz deb atadi

Soliq jinoyat huquqi ekspertlari Alisher Usmonov ishida qonunbuzarliklar borligini aytib, tergovni tugatishni tavsiya qildi.

18-noyabr, 17:11По-русски

Read in English

Germaniyada milliarder Alisher Usmonovga qarshi soliqlardan boʻyin tovlaganlik boʻyicha tergov davom etmoqda. Uch mutaxassis xulosasi tergov harakatlarining asosliligini shubha ostiga qoʻydi.

Ekspertlarga koʻra, ish Federal jinoyat politsiyasi idorasiga yuborilgan anonim xabardan keyin boshlangan. Unda Usmonovning Germaniyadagi koʻchmas mulk bilan ehtimoliy aloqasi va sanksiyalar buzilgani aytilgan, biroq soliq jinoyati tilga olinmagan. Sudya asoslar yetarli emasligi sabab tintuvga ruxsat bermadi, tergovchilar esa boshqa sudga murojaat qildi.

Xulosaga koʻra, toʻlanmagan soliqlarning taxminiy summasi sabablar izohlanmay, millionlardan milliardlargacha oʻzgargan. Bahsli dalillar qatorida mehmonxonada yashash, avtomobillar va xodimlar haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, Google Street Viewʼda manzil qidirilgach chiqarilgan xulosalar bor.

Ekspertlar tergov vizalar, guvohlar koʻrsatmalari, Rossiya soliq hujjatlari va Germaniya idorasining rezidentlik haqidagi maʼlumotlarini hisobga olmagan, deb hisoblaydi. Qariyb mingta jild va bir necha terabayt maʼlumot toʻrt yil oʻrganildi, himoya esa ish materiallariga faqat ikki yil oʻtib kira oldi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilgan. Germaniyadagi boshqa tergovlarning aksariyati toʻxtatilgan, bittasi 10 million yevro toʻlangach tugatilgan.