Goldman Sachs 2028–2029-yillarda AQSh mehnat bozoriga sunʼiy intellekt taʼsiri ancha sezilarli boʻlishini kutmoqda
Goldman Sachs iqtisodchilari ishdan boʻshatishlar past darajada yana bir yil saqlanib qolishini, sunʼiy intellektning bandlikka ancha sezilarli taʼsiri esa keyingi yillarda boshlanishini kutmoqda.

Goldman Sachsning AQSh iqtisodiyotining 2027-yildagi holatiga oid prognozida aytilishicha, mehnat bozori hozircha yollash sust va ishdan boʻshatishlar kam boʻlgan davrni boshdan kechirmoqda. Ishsizlik nafaqasi olish uchun yangi arizalarning toʻrt haftalik oʻrtacha koʻrsatkichi 195 000 tani tashkil etmoqda — bu mazkur qator tarixidagi eng past koʻrsatkichdir.
Bank sunʼiy intellektni joriy etishning sezilarli oqibatlari iqtisodiyot sekinlashganidan keyin namoyon boʻlishini hisoblamoqda. Goldman Sachs iqtisodchisi Jozef Briggs texnologiyalarga oʻtish jarayonida ishchilarning 9 foizigachasi siqib chiqarilishi mumkinligini baholagan. Uning fikricha, barqaror iqtisodiyotda avtomatlashtirish bandlikka kamroq taʼsir qiladi, biroq iqtisodiy siklik pasayish paytida bu jarayon tezlashadi.
Goldman prognoziga koʻra, 2027-yilda AQSh yalpi ichki mahsuloti 2,4 foizga oʻsadi — bu konsensus prognozidan yuqori — va retsessiya yuz berishi kutilmaydi. Shu sababli bank ish oʻrinlarining ehtimoliy qisqarishini keyingi yillarga taalluqli deb hisoblamoqda.
Biroq boshqa tadqiqotchilar butun iqtisodiyot boʻylab ishchilarning keng koʻlamda siqib chiqarilishini kuzatmayapti. Stenford universitetining Raqamli iqtisodiyot laboratoriyasi maʼlumotlariga koʻra, sunʼiy intellektning taʼsiri hozircha ishdan boʻshatishlar koʻpayishida emas, balki avtomatlashtirishga eng zaif boʻlgan lavozimlarga yosh mutaxassislarni yollash qisqarishida kuchliroq namoyon boʻlmoqda. Tadqiqotchilar bu kuzatuvlar vaziyatni tasvirlashini, biroq sabab-oqibat bogʻliqligini isbotlamasligini taʼkidlamoqda.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
NASA XKSga saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalar yuboradi
Texnologiyalar10:19
