Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Sport

Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlarni eʼlon qildi

Sovrin uchun Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi deb Usmon Dembele topilgandi.

18-noyabr, 16:09По-русски

Read in English

sports.ru

Qisqa roʻyxatda eng koʻp nomzod «PSJ»dan — parijliklar safidan sakkiz futbolchi joy oldi: Usmon Dembele, Desire Due, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendes, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya.

«Barselona»da toʻrt nafar daʼvogar bor: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jude Bellingham, Vinisius Junior va Kilian Mbappe taqdim etadi. «Arsenal»dan esa yana uch nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.

«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise) ikkitadan nomzod bilan qatnashadi. Qolgan klublarning har biridan bittadan futbolchi roʻyxatga kiritilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandes, «Liverpul»dan Dominik Soboslay va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.