Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Sport

Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda jarohat oldi

Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻng toʻpigʻini jarohatlab, maydonni tark etdi.

18-noyabr, 17:39По-русски

Read in English

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvida Fayzullayev jarohati sabab maydonni tark etishga majbur boʻldi. Shundan soʻng milliy terma jamoa tibbiy shtabi futbolchini batafsil tekshiruvdan oʻtkazdi.

OʻFA maʼlumotiga koʻra, futbolchining oʻng toʻpigʻida shikastlanish aniqlangan. Shifokorlar futbolchini imkon qadar tezroq safga qaytarish uchun zarur muolajalarni boshlab yuborgan. Uchrashuv Oʻzbekistonning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.