Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Siyosat

Qozogʻiston va Oʻzbekiston suv resurslarini boshqarishni muhokama qildi

Qozogʻiston elchisi Yerali Tugʻjanov va Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev transchegaraviy suvlar hamda idoralar hamkorligini muhokama qildi.

23-noyabr, 15:14По-русски

Read in English

21 noyabr kuni Toshkentda Qozogʻiston va Oʻzbekiston vakillari transchegaraviy suv resurslarini birgalikda boshqarish masalasini muhokama qildi. Tomonlar bunday obyektlardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi, kuchga kirgan bitimni amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.

Uchrashuv ishtirokchilari Hukumatlararo qoʻshma komissiyani tez fursatda tuzish masalasini ham koʻrib chiqdi. Sirdaryo havzasida suvdan foydalanish va suv omborlarining ishlash rejimlarini muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, 2027-yilgi vegetatsiya mavsumigacha suv toʻplash uchun zarur boʻlgan suv-energetika boʻyicha kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilindi. Kun tartibidan suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, suv xoʻjaligini raqamlashtirish va transchegaraviy suv resurslari hisobini avtomatlashtirish masalalari ham oʻrin oldi.

Tomonlar Oʻzbekistonning Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga 2027–2029-yillarda boʻlajak raisligini ham muhokama qildi. Muzokaralar yakunida ular hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.