Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Madaniyat

«Garri Potter» serialining ilk lavhasi: Buyuk zaldagi kechki ovqat — start 26-dekabr

HBO «Garri Potter» serialining bayramona kechki ovqat va Dambldorning Makgonagall bilan suhbati aks etgan ilk lavhasini koʻrsatdi. Premyera 25-dekabr oqshomida boʻladi.

16-noyabr, 10:51По-русски

Read in English

championat.com

HBO YouTubeʼda boʻlajak «Garri Potter» serialidan lavha tushirilgan videoni taqdim etdi. Unda Xogvartsdagi Buyuk zalda oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan berilgan bayramona kechki ovqat va Albus Dambldorning professor Makgonagall bilan suhbati koʻrsatilgan.

Birinchi mavsum Joan Roulingning «Garri Potter va Falsafa toshi» kitobi asosida ishlanadi. Voqealar markazida sehrgarlar olamiga mansubligini bilib qolgan 11 yoshli Garri Potter turadi. Shuningdek, u ota-onasini qora sehrgar Volan-de-Mort oʻldirganini aniqlaydi.

Birinchi qism premyerasi 25-dekabr oqshomiga, Rossiya vaqti bilan esa 26-dekabr ertalabiga rejalashtirilgan. Bosh rollarni Dominik Maklaflin, Arabella Stenton va Alaster Staut ijro etadi. Ssenariyni «Vorislar» serialida ishlagan Francheska Gardiner yozgan.