Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Jamiyat

Oʻzbekistonda tibbiyot muassasalarining xizmat koʻrsatishga tayyorgarligi baholandi

Oʻzbekiston SSV va UNICEF SARA xalqaro metodologiyasi asosida tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati hamda muassasalarning ularni koʻrsatishga tayyorgarligini baholash natijalarini taqdim etdi.

18-noyabr, 16:19По-русски

Read in English

Toshkentda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va muassasalarning ularni koʻrsatishga tayyorgarligi boʻyicha milliy baholash natijalari taqdim etildi. Tadqiqot Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ishlab chiqqan SARA metodologiyasi asosida oʻtkazildi.

Ushbu metodologiya infratuzilma holati, uskunalar, dori-darmonlar, diagnostika vositalari va boshqa resurslar mavjudligini tekshirish imkonini beradi. Muhokamada davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va jamoat birlashmalari vakillari qatnashdi.

Ishtirokchilar birlamchi tibbiy yordamni rivojlantirish, kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, oilaviy shifokorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda muassasalarni kadrlar bilan taʼminlash masalalarini koʻrib chiqdi. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, tibbiyot sohasini raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Idora maʼlumotiga koʻra, baholash natijalari tizimdagi muammolar va ehtiyojlarni, investitsiyalar uchun ustuvor yoʻnalishlarni hamda tibbiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha keyingi qadamlarni belgilashga yordam beradi.