Football Insider: «MYU» Pochettino kelgach ilk boʻlib olishi mumkin boʻlgan futbolchini aytdi
«Fulhem»ning chap qanot himoyachisi Entoni Robinson Maurisio Pochettino kelganidan soʻng «Manchester Yunayted»ning ilk xaridiga aylanishi mumkin. Pochettino u bilan AQSh terma jamoasida ishlagan.
23-noyabr, 11:06По-русски

championat.com
«Manchester Yunayted» yangi murabbiyni qoʻllab-quvvatlash uchun 29 yoshli Robinsonni qishki transfer oynasida sotib olishi mumkin. Shu bilan birga, klub «Fulhem» himoyachisiga oʻtgan yozdayoq qiziqqan.
Futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning «Fulhem» bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, Robinsonning bozor qiymati €22 mlnni tashkil etadi.



