Keyn — Ispaniyaga qarshi 3:2: oʻyinimizning ikki tomonini koʻrsatdik, jamoa bilan faxrlanaman
Angliya terma jamoasi sardori Garri Keyn UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining oltinchi turida Ispaniya ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi gʻalabani izohladi.
17-noyabr, 12:27По-русски

championat.com
Angliya terma jamoasi guruh bosqichini Ispaniya ustidan qozonilgan gʻalaba bilan yakunladi — uchrashuv Tomas Tuxel jamoasi foydasiga 3:2 hisobida tugadi.
Keyn ijtimoiy tarmoqlardagi postida jamoa oʻyinining turli qirralarini namoyish etganini qayd etdi, tribunadagi muxlislarga minnatdorlik bildirdi va terma jamoadan faxrlanishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, yil koʻplab ijobiy lahzalarni olib keldi, bu gʻalaba esa keyingi yil jamoa uchun muhim boʻladi.



