Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Iqtisodiyot

Fargʻona viloyatida $350 mlnlik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilmoqda

Fargʻona viloyati Quva tumanida $350 mln evaziga 5 ming ish oʻrinli Turon Turk sanoat zonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Loyiha 18 noyabr kuni Toshkentda muhokama qilindi.

19-noyabr, 16:13По-русски

Read in English

Fargʻona viloyati hokimligi xabariga koʻra, 18 noyabr kuni Toshkentda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Heyal Holding kompaniyasi vakili Usmon Xeyal bilan uchrashdi. Muzokaralar Oʻzbekiston-Turkiya biznesni qoʻllab-quvvatlash kengashi yigʻilishida oʻtkazildi.

Tomonlar loyihaning joriy holati, qurilish ishlari borishi va uni amalga oshirishning keyingi bosqichlarini koʻrib chiqdi. Shuningdek, muddatlarga rioya etish, yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Sanoat zonasini 26 gektar maydonda joylashtirish rejalashtirilmoqda. Unda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, oziq-ovqat va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish moʻljallangan. Kutilishicha, loyiha 5 mingta yangi ish oʻrni yaratadi.