Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirildi va mamlakatdan chiqarib yuborish asoslari kengaytirildi
3 noyabrdan Rossiyada chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar roʻyxati kengaydi va jarimalar oshdi. Qonun ish beruvchilar hamda qabul qiluvchi tomonning javobgarligini ham kuchaytirdi.

Rossiyada 3 noyabrdan 2026-yil 4-avgustdagi 294-FZ-sonli qonun asosida Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan tuzatishlar kuchga kirdi. Ular chet el fuqarolari uchun yangi hujjatlarni joriy etmaydi, biroq javobgarlikni kuchaytiradi.
Mamlakatdan chiqarib yuborish uchun asoslar soni 22 tadan 45 tagacha oshdi. Roʻyxatga mayda bezorilik, mitinglar oʻtkazish qoidalarini buzish va taqiqlangan ramzlardan foydalanish ham kiritildi. Boʻlish rejimini buzganlik uchun jarima 4–7 ming rublgacha, Moskva, Sankt-Peterburg, Moskva va Leningrad viloyatlarida esa 7–9 ming rublgacha oshirildi. Bu hududlarda noqonuniy ishlaganlik uchun ham majburiy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborish nazarda tutilgan.
«MigraForma» servisi asoschisi Gleb Ryvkinning soʻzlariga koʻra, ish beruvchilar va qabul qiluvchi tomon uchun ham javobgarlik kuchaygan. Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolariga ishlash uchun patent kerak boʻladi, unga ariza mamlakatga kirganidan keyin 30 kun ichida topshiriladi. Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolaridan patent talab qilinmaydi, biroq ular baribir migratsiya tartib-taomillaridan oʻtishi kerak.



