Sinnerga operatsiya tahdid solmoqda: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat boʻyicha mutaxassislardan maslahat olish uchun AQShga yoʻl olmoqchi. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozmoqda.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan natijani bermadi. Italiyalik kortga qaytmadi: u hali-hanuz toʻlaqonli mashgʻulotlarni qayta boshlamadi.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq yoʻqolmasa va davolash samara bermasa, jarrohlar yordamisiz ish bitmasligi mumkin.
Sinner 2026-yilgi Uimbldondagi gʻalabasidan keyin ATP turnirlarining birortasida ham qatnashmadi.



