Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi Krasnoyarskdagi fuqarolarga hujjatlarda yordam berdi
Bosh konsul Aslam Akbarov Krasnoyarskda Oʻzbekiston fuqarolari bilan uchrashib, hujjatlar va konsullik hisobiga oid masalalarni hal etishga yordam berdi.

15 noyabr kuni Krasnoyarskda Oʻzbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyada ishlayotgan respublika fuqarolari bilan uchrashdi. Bosh konsulxona vakillari ishtirokchilarga Rossiya qonunchiligi va mamlakatda boʻlish qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatdi.
Fuqarolarga huquqlari buzilgan taqdirda konsullikka qanday murojaat qilish kerakligi ham tushuntirildi. Akbarov diplomatik vakolatxona hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berishga, Krasnoyarsk oʻlkasidagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarga Oʻzbekistonga qaytish guvohnomalari berildi, yoʻqolgan va muddati oʻtgan pasportlarni almashtirish boʻyicha arizalar qabul qilindi, shuningdek, yangi hujjatlar topshirildi. Yana 16 kishi vaqtincha konsullik hisobiga qoʻyildi.
Uchrashuv ishtirokchilari konsullik bilan muntazam hamkorlik fuqarolar huquqlarini himoya qilish va Rossiya migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olishga yordam berishini taʼkidladi.



