S&P 500 sunʼiy intellekt rallisi fonida korreksiyadan chiqdi
S&P 500 indeksi 23 noyabr kuni 4,74 foizga oʻsib, ketma-ket pasayishlardan soʻng korreksiyadan chiqdi. Bozorni Nvidia bosh direktori Jensen Huangning qaytishi qoʻllab-quvvatladi.

AQSh fond bozori 23 noyabr kuni keskin tiklandi: S&P 500 indeksining oʻsishi bir yarim yildan ortiq vaqt ichidagi eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Nasdaq Composite va Dow Jones Industrial Average ham savdolarni oʻsish bilan yakunladi.
Huangning Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytishi sunʼiy intellekt bilan bogʻliq aksiyalarni koʻtardi. Nebius, CoreWeave, Dell, Bloom Energy va Lumentum aksiyalari qimmatlashdi. Micron Technology aksiyalarini esa mijozlar bilan xotira yetkazib berish boʻyicha koʻp yillik kelishuvlar qoʻllab-quvvatladi.
Tesla aksiyalari avtonom boshqaruvni tijoriylashtirish yoʻlidagi siljishlar fonida qimmatlashdi. CrowdStrike esa Zscalerʼni aksiyalar evaziga 44 mlrd dollarga sotib olishini eʼlon qilganidan keyin pasaydi. Zscaler aksiyalari koʻtarildi. Agar bitim yakunlansa, uni 2027 yilning ikkinchi yarmida yopish kutilmoqda.
Rocket Lab aksiyalari ham sotuvlar ortidan tiklandi. Kompaniyaning moliya direktori yaqin istiqbolda Electron raketalarini uchirish narxlari sezilarli oshishini kutayotganini aytdi. Bunga SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi 2028 yil oxirigacha yoki 2029 yil boshigacha katta darajada band qilingani sabab boʻlmoqda.



