Amerikalik investorlar 2027-yilda bozorlar oʻsishini kutmoqda, ammo SI uchun xavflarni koʻrmoqda
Natixis Investment Managers soʻroviga koʻra, AQSh institutsional investorlarining 63 foizi 2027-yilda S&P 500 rekordini kutmoqda, 84 foizi esa SI investitsiyalarining uzoq muddatli salohiyatini koʻrmoqda.

AQShning Boston shahrida 18 noyabr kuni Natixis Investment Managers institutsional investorlarning 2027-yilga oid kutilmalari haqidagi soʻrov natijalarini eʼlon qildi. Ishtirokchilar bozorlar va sunʼiy intellekt borasida optimizmni saqlab qolgan, biroq geosiyosiy, infratuzilmaviy va tartibga solish bilan bogʻliq cheklovlarni qayd etgan.
Tadqiqotga koʻra, amerikalik investorlarning 81 foizi sunʼiy intellekt sohasida AQSh va Xitoy oʻrtasidagi raqobat mamlakatlar oʻrtasidagi keskinlikni kuchaytiradi, deb hisoblaydi. Yana 70 foiz mahalliy aholining qarshiligini maʼlumotlar markazlari qurilishiga tahdid deb biladi. Shunday qilib, respondentlar fikricha, texnologiya rivojiga toʻsqinlik qiluvchi omillar faqat moliya bozorlariga bogʻliq emas.
Shu bilan birga, ishtirokchilarning 75 foizi muqobil aktivlarga ega diversifikatsiyalangan portfel 2027-yilda investitsiyalarni taqsimlashning anʼanaviy modelidan yuqori natija koʻrsatadi, deb kutmoqda. Tadqiqotda, shuningdek, investorlar oʻsishga qiziqishini saqlayotgani, biroq xatarlar va sarmoya yoʻnalishlarini baholashda tobora tanlovchan boʻlayotgani qayd etiladi.



