Ryabkov Ukrainaga doir amaliy yechim ishlab chiqish mumkinligini aytdi
Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Sergey Ryabkov siyosiy iroda boʻlsa, Ukrainaga doir ish beradigan yechimni nazoratsiz eskalatsiyasiz ishlab chiqish mumkinligini aytdi.
13-noyabr, 15:19По-русски
Moskva shahrida 12 noyabr kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov Abu-Dabida boʻlib oʻtgan Ukraina boʻyicha muzokaralarga izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, ishtirokchilar erishish mumkin boʻlgan natijalarni xolis baholashi va shu bilan birga nazoratsiz eskalatsiyaning oldini olishi kerak.
Rossiya, Ukraina va AQShning uch tomonlama uchrashuvi 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida boʻlib oʻtdi. Ryabkov Rossiya muzokara guruhidan joy olgan edi.



