Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Madaniyat

Grand Theft Auto VI chiqqanidan keyin Metacriticʼda 99 ball oldi

Oʻyin sayt tarixidagi eng yuqori baho boʻyicha The Legend of Zelda: Ocarina of Time bilan tenglashdi. Tanqidchilar oʻyinni yuqori baholadi.

19-noyabr, 11:18По-русски

Read in English

deadline.com

Metacriticʼda oʻyin 99 ball oldi — bu The Legend of Zelda: Ocarina of Time olgan baho bilan bir xil. Mazkur oʻyin sayt tarixidagi eng yuqori bahoni saqlab qolgan.

The New York Times syujetning chuqurligi, Lucia Caminos va Jason Duval obrazlari, shuningdek, batafsil ishlab chiqilgan oʻyin olamini alohida taʼkidladi. The Guardian oʻyinga besh yulduz berdi va Rockstar Gamesʼning virtual olamini shu paygacha yaratilgan eng batafsil olam deb atadi.

The Washington Post Grand Theft Auto VIʼni AQShdagi hayot haqida yaratilgan, qahramonlar qarorlariga irq, ijtimoiy tabaqa, gender, pul va eʼtibor taʼsir koʻrsatadigan yirik asar sifatida baholadi. Bloomberg oʻyinni durdona deb atadi va videotasvirdan ajratish qiyin boʻlgan grafikasini alohida maqtadi.

IGN GTA 6’ni eng taʼsirchan oʻyinlar qatoriga kiritdi va musiqiy hamrohligini alohida qayd etdi: toʻrtta radiostansiyada qariyb 200 ta qoʻshiq bor. Empire Magazine oʻyinda Amerika madaniyatiga oid satirani koʻrdi; nashr bahosiga koʻra, bu satira haqiqatga ogʻriqli darajada yaqin.

Sensor Tracker maʼlumotlariga koʻra, relizga ikki kun qolganda oʻyin oldindan berilgan buyurtmalar hisobiga tushum boʻyicha 1,5 mlrd dollar chegarasidan oshdi.