Hokim boshchiligidagi Toshkent delegatsiyasi Sietlda
Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi hokimlik delegatsiyasi Sietlda ishchi tashrif bilan boʻlib turibdi. Maqsad — tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish.
18-noyabr, 13:23По-русски

AQShning Sietl shahrida Toshkent delegatsiyasining ishchi tashrifi davom etmoqda, deya xabar berdi poytaxt maʼmuriyati. Safar doirasida tomonlar qardosh shaharlar oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirib, shahar xoʻjaligining turli sohalarida hamkorlik qilmoqda.
Delegatsiya kelishi munosabati bilan Sietldagi binolar va shahar obyektlari Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi ranglarida yoritildi. Toshkent hokimligida bu ishora mamlakatga hurmat va shaharlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar ramzi, deb baholandi.



