Yevrokomissiya yirik kiberhujumga uchradi: zarar va maʼlumotlar sizib chiqishi koʻlami nomaʼlum
Yevrokomissiyaga yirik kiberhujum uyushtirildi. YI mutaxassislari xodimlarning maxfiy maʼlumotlari oʻgʻirlangan-oʻgʻirlanmaganini tekshirmoqda.

Kiberhujumdan keyin Yevrokomissiyaning ichki HR tizimlari bir necha kun ishlamadi. Xodimlar ish haqi maʼlumotlarini koʻrish, taʼtil va kasallik taʼtilini rasmiylashtirish, tabel topshirish hamda oʻqishga yozilish uchun foydalaniladigan Sysperʼga kira olmadi.
Payshanba kuni Sysper ishlashini tikladi, ammo Joint Sickness Insurance Scheme tibbiy sugʻurta tizimi hamon ishlamayotgan edi, deya Euronewsʼga anonimlik sharti bilan mansabdor xabar berdi. YI muassasalari CERT-EU kiberxavfsizlik xizmati zararni baholamoqda. Hujumchi shaxsi hozircha aniqlanmagan.
Mutaxassislar hujumchi Sysper, JSIS va xodimlarni boshqarishning boshqa tizimlaridagi maʼlumotlarga kirgan-kirmaganini tekshirmoqda. Ularda xodimlar ismlari, ish haqi darajasi, uy manzillari va aloqa maʼlumotlari saqlanadi. Komissiyaning ichki hujjatlari alohida joylashtirilgan va odatda HR platformalari orqali mavjud emas. Xodimlarga hozircha rasmiy ichki xabar berilmadi.
Bu Yevrokomissiyaga ilk kiberhujum emas. Mart oyida Europa.eu saytlari joylashgan bulut infratuzilmasi buzilib, shaxsiy maʼlumotlar va elektron xatlar mazmunini oʻz ichiga olgan qariyb 91,7 GB maʼlumot oʻgʻirlangan. Yanvarda Komissiyaning mobil infratuzilmasiga qilingan hujum xodimlarning ismlari va telefon raqamlari oshkor boʻlishiga olib kelgan boʻlishi mumkin.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
NASA XKSga saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalar yuboradi
Texnologiyalar10:19
