Navoiy IESda 650 MVt quvvatli bugʻ-gaz qurilmasi qurilmoqda
Navoiy IESda 650 MVtlik energiya bloki qurilmoqda. Ishga tushgach, u yiliga 4,8 mlrd kVt·soat ishlab chiqarib, 870 mln kub metr gazni tejash imkonini beradi.

5 noyabr holatiga koʻra, Navoiy shahrida Navoiy issiqlik elektr stansiyasi hududida zamonaviy bugʻ-gaz qurilmasi barpo etilmoqda. Ishga tushirilgach, obyekt soatiga 200 Gkal issiqlik ishlab chiqarishi mumkin boʻladi.
Loyihani bosh pudratchi etib tayinlangan Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Power Ltd. kompaniyalari konsorsiumi amalga oshirmoqda. Turkiyaning Çalık Enerji kompaniyasi subpudratchi boʻldi.
Loyiha Oʻzbekiston energetik xavfsizligini kuchaytirishi hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr va issiqlik bilan taʼminlashga yordam berishi kutilmoqda.



