Metaʼning Muse sunʼiy intellekt agenti suhbatlarni aralashtirib, shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qildi
Meta xodimlarining aytishicha, Muse sunʼiy intellekt agenti ayrim hollarda turli akkauntlardagi maʼlumotlarni aralashtirib yuborgan va foydalanuvchilarga boshqa odamlarning shaxsiy maʼlumotlarini koʻrsatgan. Bu haqda Reuters surishtiruvida aytiladi.

Reuters Meta kompaniyasining ichki yozishmalarini oʻrganib chiqdi. Ularda xodimlar Museʼdagi nosozliklarni tasvirlagan. Ularning soʻzlariga koʻra, foydalanuvchilar bolalar haqidagi soʻrovlarni, karyera boʻyicha maslahatlarni va oʻzlari bermagan buyurtmalarni, shuningdek, boshqa odamlarning bank hisoblaridagi qoldiqlarni koʻrgan.
Holatlardan birida agent ob-havo va suv toʻlqinlari haqidagi yozishmaga boshqa odamga tegishli Capital One va Charles Schwab hisoblarining maʼlumotlari tushirilgan xabarni qoʻshgan. Boshqa bir xodimaning shaxsiy telefonidagi Muse esa unga Signalʼdagi opasi yoki singlisiga javob berishni eslatgan — Signal uchdan uchgacha shifrlashdan foydalanadigan ilova. U hamkasblariga agentga boshqa ilovalardan foydalanish huquqini bermaganini va undan bu haqda soʻralganini eslamasligini yozgan.
Muse sentabr oyida ishga tushirilgan. U 10 milliondan ortiq marta yuklab olinib, eng tez ommalashayotgan ilovalardan biriga aylandi. Meta izoh soʻrab yuborilgan murojaatga darhol javob bermadi.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
NASA XKSga saraton, mushak atrofiyasi va oʻsimlik yetishtirish boʻyicha tadqiqotlar uchun uskunalar yuboradi
Texnologiyalar10:19
