Aman Group lyuks kurort tarmogʻi va Capital Group developeri Buxoro turizmini muhokama qildi
Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vladislav Doronin va Pavel Tyo bilan uchrashib, Buxoroda turizmni rivojlantirish haqida fikr almashdi.

Oʻzbekistonda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Aman Group va Capital Group vakillari bilan uchrashdi. U tarixiy merosga ehtiyotkorona munosabatda boʻladigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga mamlakat ochiqligini taʼkidladi.
Aman Group 1998 yilda Shveysariyada tashkil etilgan. Kompaniya 21 mamlakatdagi 36 ta mehmonxona, kurort va rezidensiyaga egalik qiladi; yana 10 ta loyiha eʼlon qilingan. Guruhga 2015 yildan beri Doronin rahbarlik qiladi. U, shuningdek, Capital Group kompaniyasiga asos solgan.
Mirziyoyevaning soʻzlariga koʻra, bunday tashabbuslar mamlakatning turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.



