Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirKristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondiLavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadiNetanyahu ustidan korrupsiya ishi: hammasi rostdan ham tugadimi?
Siyosat

Iordaniyada Oʻzbekiston prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi boʻlib oʻtdi

Iordaniya qiroli Abdulla II Ammanda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga rasmiy qabul uyushtirdi. Tomonlar besh sohada hamkorlikni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

24-noyabr, 11:35По-русски

Read in English

t.me/shmirziyoyev

Iordaniya qiroli Abdulla II Ammandagi «Al-Husayniya» saroyida qabul marosimini uyushtirdi. Shavkat Mirziyoyev va uning turmush oʻrtogʻini qirol hamda qirolicha Raniya kutib oldi. Marosimda Oʻzbekiston va Iordaniya madhiyalari yangradi, davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar aʼzolariga salom berdi.

Muzokaralarda qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, toʻqimachilik, konchilik va kimyo sanoati sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, uchrashuv yakunlari boʻyicha bir qator hujjatlarni qabul qilish kutilmoqda.