Kaprizov ustunlikdagi gollar boʻyicha Mogilniydan oʻtdi, rekord Ovechkinga tegishli
Kirill Kaprizov NHLdagi dastlabki yetti mavsumida ustunlikda 89-golini urib, yevropaliklar orasida Aleksandr Mogilniydan oʻtdi. U beshinchi oʻrinda.

24 noyabr kuni AQShning San-Xose shahrida «Minnesota Uayld» NHLning 2026/2027-yilgi muntazam chempionatida «San-Xose Sharks»ni 5:2 hisobida magʻlub etdi.
Kaprizov son jihatdan ustunlik holatida gol urdi. X ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan TSN StatsCentre maʼlumotiga koʻra, bu uning NHLdagi dastlabki yetti mavsumida son jihatdan ustunlikda urgan 89-goli boʻldi.
Rossiyalik xokkeychi bu koʻrsatkich boʻyicha yevropalik xokkeychilar orasida beshinchi oʻringa koʻtarilib, Aleksandr Mogilniydan oʻzib ketdi. Rekord Aleksandr Ovechkinga tegishli: u 111 ta gol bilan peshqadam. Ilya Kovalchuk 105 ta gol bilan ikkinchi, Teemu Selänne esa 98 ta gol bilan uchinchi.



