Fon der Lyayenning Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligi YI ichida boʻlinishga sabab boʻldi — Bloomberg
Manbalar xabar berishicha, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina boʻyicha muzokaralar fonida Rossiya bilan Yevropa xavfsizligini muhokama qilishga tayyorgarlik koʻrish mumkinligini bildirgan. Bu tashabbus YI ichida kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi.

Manbalarga koʻra, Dublin sammitida bir qator Yevropa yetakchilari bu gʻoyani omma oldida ham, yopiq muhokamalarda ham tanqid qilgan. Fon der Lyayen va uni qoʻllab-quvvatlayotgan davlat rahbarlari AQSh hamda Rossiyaning muzokaralardagi ishtirokini saqlab qolish va Yevropa Ittifoqisiz qarorlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun muloqot zarur, deb hisoblaydi.
Avvalroq Yevropa Komissiyasi rahbari Yevropa xavfsizlik kengashini tuzishni taklif qilgan, biroq koʻplab davlatlar bu tashabbusni iliq kutib olmagan. Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi davlatlari Moskvaning talablarini muhokama qilishni diplomatik «tuzoq» deb hisoblaydi. Estoniya bosh vaziri Kristen Mihal Rossiya xavfsizlik qoidalarini oʻzgartirish va NATO kengayishini cheklash mavzusidan ittifoqchilar birligini zaiflashtirish uchun foydalanayotganini aytdi.



