Lavrov dekabr boshida Dohadagi forumda ishtirok etadi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 5–6 dekabr kunlari 24-Doha forumida ishtirok etish uchun Qatarga boradi, deya maʼlum qildi Mariya Zaxarova.
27-noyabr, 12:24По-русски

russiatoday.ru
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning maʼlum qilishicha, Lavrov 5–6 dekabr kunlari Qatarga ishchi tashrif bilan boradi.
Forumda vazir oʻzgarayotgan xalqaro munosabatlar tizimida Rossiyaning rolini baholashni hamda Moskvaning mintaqaviy masalalar, jumladan, Fors koʻrfazidagi va Ukraina atrofidagi vaziyatga doir yondashuvlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Tadbir doirasida Lavrovning Qatar rahbariyati bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.



