Mogilyovda «Yangi Toshkent» loyihasining investitsiya imkoniyatlari taqdim etildi
Mogilyovda «Yangi Toshkent» loyihasiga sarmoya kiritish imkoniyatlari taqdim etildi. Belarus kompaniyalari ishtirokni oʻrganib, yanvarda muzokara uchun Oʻzbekistonga keladi.

Belarusning Mogilyov shahrida 22 noyabr kuni «Yangi Toshkent» shahri qurilishi direksiyasi vakillari 10 ta qurilish va loyiha tashkiloti rahbarlariga loyiha taqdimotini oʻtkazdi.
Ishtirokchilarga turar joy, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, shuningdek, energiya tejamkor va «aqlli» texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi. Taqdimotda «Mogilyovoblselstroy», «Mogilyovgrajdanproyekt», «Stroytrest-Holding», «Promjilstroy» va «Mogilyov DSK» kompaniyalari qatnashdi.
Belarus ishbilarmon doiralari loyihada ishtirok etish istiqbollarini oʻrganmoqchi. Yanvar oyida kompaniyalar vakillari joyida muzokara oʻtkazish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Safarga Oʻzbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarga qiziqayotgan tadbirkorlar ham qoʻshiladi.



