«Hosil tongi» tanqidchilarni ikkiga boʻldi: «Ochlik oʻyinlari» prikveli baholari turlicha
«Ochlik oʻyinlari» prikveli «Hosil tongi» 20 noyabrda chiqadi va tanqidchilardan turlicha baho oldi. Rotten Tomatoesʼda film 80 ta sharh asosida 75% baholangan.

Film premyerasi 20 noyabrga belgilangan. Voqealar birinchi kitobdagi voqealardan 24 yil avval kechadi va 50-chi Ochlik oʻyinlariga bagʻishlangan. Ushbu oʻyinlarda keyinchalik Katniss Everdin va Pit Mellarkka murabbiy boʻladigan Haymitch Aberneti gʻalaba qozongan.
Filmda avvalgi qismlarda Katniss, Haymitch va Pit rollarini ijro etgan Jennifer Lourens, Vudi Xarrelson va Josh Xatcherson yana qatnashgan. Yosh Haymitch rolini Jozef Zada ijro etgan. Reyf Fayns prezident Snou rolida Donald Sazerlendning oʻrnini egallagan. Filmda, shuningdek, Jessi Plemons, Kiran Kalkin, Glenn Kloz, Makkenna Greys, El Fanning va Mayya Xouk rol oʻynagan.
Tanqidchilar bahosi sezilarli darajada farq qildi. Piter Bredshou filmga bir yulduz berib, uni franshizaning mustaqil mavjud boʻlishiga hech qanday asosi yoʻq, charchatadigan davomi deb atadi. Kevin Maher esa kartinani ikki yulduzga baholab, qahramonning kelib chiqish tarixini va Zadaning ijrosini tanqid qildi.
Ijobiy sharhlarda film mashhur franshizalarning koʻplab qaytishlaridan kuchliroq ekani aytildi, shuningdek, uning vizual yechimi taʼkidlandi. Shunday baholardan birida «Hosil tongi» turkumdagi eng yaxshi film boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan.
Yana oʻqing

Jessica Albaning 15 yoshli qizi Haven onasi bilan yangi suratda egizagidek koʻrinishi mumkin
Madaniyat09:47
BBC Top Gear qaytishini tasdiqlagach, Gordon Ramsay unga boshchilik qiladi
Madaniyat26-noyabr, 18:42
