Sindarov va Gukesh ketma-ket uchinchi bor durang oʻynadi
Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju Jenevada matchning uchinchi partiyasida durang qayd etdi. 60 yurishdan soʻng uchrashuvdagi hisob 1,5:1,5 boʻldi.

26 noyabr kuni Jenevada shaxmat tojiga daʼvogarlik matchining uchinchi partiyasi keskin kurashdan soʻng yakunlandi. Gukesh debyutda Berlin himoyasida noodatiy davomni qoʻlladi va Sindarov tayyorgarligini bevosita taxta oldida eslashiga toʻgʻri keldi.
Figuralar almashilgach, oʻyin turli rangdagi fillar qatnashgan endshpilga oʻtdi. Bunday pozitsiyalar koʻpincha durang bilan tugasa-da, taxtada qolgan ruxlar kurashni davom ettirish imkonini saqlab qoldi. Sindarov qirol qanotida faollashishga urindi, biroq keyinroq bu rejani yaxshiroq tayyorlashi mumkinligini tan oldi. Gukesh ham raqibining yurishlaridan birini yetarlicha baholamaganini aytdi, ammo ishonchli himoyani topa oldi.
Vaqt nazoratiga oz qolganida Sindarov soatidagi vaqtni sakkiz soniyagacha tushirib yubordi. U zarur yurishni amalga oshirishga ulgurib, muammolardan qochdi. Keyinchalik oʻzbekistonlik shaxmatchi aniq himoyalandi va raqiblar durangga kelishib oldi.
27 noyabr kuni ishtirokchilarga dam olish kuni berildi. Jenevadagi toʻrtinchi partiya 28 noyabrga belgilangan va mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Yana oʻqing

Beshinchi turdan keyin «Arsenal» Opta versiyasiga koʻra Chempionlar ligasi favoritlari reytingida peshqadam boʻldi
Sport13:00
Kristian Kivu: «Inter» «Shtutgart» ustidan haqli ravishda gʻalaba qozondi
Sport12:25
