Fransiyalik ekspert: Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi Oʻzbekiston rolini kuchaytiradi
Fransiyalik xalqaro jurnalist Klod Leblan Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi Oʻzbekiston pozitsiyasini mustahkamlab, Yaqin Sharqdagi rolini kengaytiradi, deb hisoblaydi.

Leblan 2026-yil 26-noyabr kuni Parijda Oʻzbekiston prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifini «Dunyo» axborot agentligiga izohladi. Uning baholashicha, tashrif Toshkentning diplomatik aloqalarni kengaytirish va ishonchli hamkor maqomini mustahkamlash siyosatini davom ettiradi.
Leblan tashrif iqtisodiy kun tartibidan tashqari kengroq ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi: Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi jarayonlarda faolroq ishtirok etishga intilmoqda. U bunga misol sifatida mamlakatning AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan «Tinchlik kengashi» (Board of Peace)dagi ishtirokini keltirdi.
Jurnalistning fikricha, tashrif Markaziy Osiyoning Uzoq va Yaqin Sharq oʻrtasidagi transport-logistika tuguni sifatidagi rolini ham taʼkidlaydi. Ormuz boʻgʻozi bilan bogʻliq dengiz kommunikatsiyalari uchun xavflar mavjud bir paytda Leblan muqobil yoʻnalishlarni rivojlantirishni istiqbolli deb hisoblaydi. Uning baholashicha, Toshkent ilgari surayotgan transport oʻzaro bogʻliqligi siyosati Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashi va mintaqaning xalqaro savdodagi ahamiyatini oshirishi mumkin.



