Bornmut Yevrokuboklarda dastlabki besh oʻyinda gʻalaba qozongan uchinchi jamoa boʻldi
Bornmut Seltani 2:1 hisobida yengib, Yevrokuboklardagi debyut mavsumida dastlabki besh uchrashuvning barchasida gʻalaba qozondi. Optaga koʻra, jamoa bu natijaga erishgan tarixdagi uchinchi jamoa boʻldi.

Angliyaning Bornmut klubi Yevropa Ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida Ispaniyaning Selta jamoasini magʻlub etdi. Bu klubning Yevrokuboklardagi debyut mavsumida ketma-ket qozongan beshinchi gʻalabasi boʻldi.
Avval Yevrokuboklarda dastlabki besh uchrashuvning barchasida faqat Armanistonning Ararat va Germaniyaning Nyurnberg klublari gʻalaba qozongan. Hozir Bornmut besh turdan soʻng 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
10 dekabr kuni jamoa umumiy bosqichning navbatdagi turida Chexiyaning Viktoriya Plzen klubini qabul qiladi.



