Juma, 27-noyabr 2026-yilHozirOʻzbekistonga oʻqish uchun kelgan chet elliklar soni 1,7 baravarga oshdiToshkentdagi ombor podvalida muddati oʻtgan dori vositalarini qayta qadoqlash sexi aniqlandiFordning Le-Mans uchun yangi poyga mashinasi: GT41
Jamiyat

Oʻzbekistonga oʻqish uchun kelgan chet elliklar soni 1,7 baravarga oshdi

2026-yil yanvar–oktyabr oylarida Oʻzbekistonga oʻqish uchun 57,6 ming nafar chet ellik tashrif buyurdi — bu koʻrsatkich bir yil avvalgidan 1,7 baravar koʻp, deya xabar berdi Milliy statistika qoʻmitasi.

27-noyabr, 18:41По-русски
stat.uz

Eng koʻp oʻquvchi Turkmanistondan — 21 206 nafar, shuningdek Hindistondan — 16 971 nafar kelgan. Keyingi oʻrinlarda Tojikiston, Qirgʻiziston, Xitoy va Pokiston fuqarolari qayd etilgan.

Statistikaga Misr, Koreya Respublikasi, Filippin, AQSh, Turkiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya, Eron, Iordaniya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Bangladesh, Nepal va Rossiyadan kelganlar ham kiritilgan.